08:47 / 09.02.2017
4442

AQSh armiyasi Dakota Access neft quvuriga ruxsat berdi

Foto: © Flickr/ BLM Alaska

AQSh armiyasi muhandislik korpusi Shimoliy Dakota shtatida Dakota Access neft quvurini barpo etish uchun zarur bo‘lgan yakuniy xulosasini taqdim etdi. Reyter agentligi shu haqda xabar qilmoqda.

O‘tgan yilda ishga tushirilishi kerak bo‘lgan loyiha bir necha yuz nafar faolning noroziligi sabab to‘xtab qolgan edi. Namoyishchilar neft quvuri ichimlik suvi sifatiga hamda hindularning muqaddas yerlarini poymol qilinishiga olib kelishini ta'kidlashgan edi. Loyiha operatori Missuri daryosi uzra o‘tuvchi quvurga ruxsat olishi kerak edi. 

2016 yil dekabrida AQSh hukumati namoyishchilarning talabini qabul qilib, quvur yo‘nalishini o‘zgartirishga va'da berdi. Biroq, yanvar oyida AQSh prezidenti Donald Tramp neft quvurini qurishni qayta boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Loyihaga qarshi chiqayotgan siu qabilasi advokati Jan Hasselman quvurni qurishga ruxsat berilsa, qabila xulosani sudda muhokama qilishi haqida bayonot bergan edi. Xabarlarga ko‘ra, neft quvuri ish boshlanganidan so‘ng 90 kun ichida qurib bitkaziladi. 

Loyihada joriy yil ikkinchi choragidan ishga tushirilishi kerak. 

Top