13:10 / 09.02.2017
7940

Chexiya delegatsiyasi Samarqandga bordi

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi Ya.Gamachek boshchiligidagi delegatsiya a'zolari 8 fevral kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. 

Mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. O‘zbekistonning Birinchi Prezident qabriga gul qo‘yilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Bu haqda O‘zA agentligi xabar qilmoqda.

Shundan so‘ng, delegatsiya a'zolari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasida bo‘lishdi. 

Registon majmuasi va bu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar bunday noyob me'moriy obidalarni bunyod etgan buyuk ajdodlarimiz aqlu zakovati va uni bezavol asrab kelayotgan bugungi avlodning tariximizga munosabatiga yuksak baho berdi. 

Top