15:08 / 09.02.2017
5664

Pinterest surat bo‘yicha obektni qidirish servisini namoyish qildi

Pinterest ijtimoiy tarmog‘i Lens tajriba servisini namoyish etdi, u kompyuter yordamida real dunyo predmetlari suratlarini yodda saqlab qolib, keyin o‘z bazasidan ularning analoglarini izlaydi. The Verge shu haqida ma'lumot berdi. 

Manbada Lens musiqiy treklarni taniy oladigan mashhur Shazam servisiga qiyoslangan. Pinterest funksiyasi kompyuter texnologiyalari orqali suratdagi taom, mebel va boshqa obektlarni tanishda yordam beradi, keyin esa ijtimoiy tarmoq bazasidan shunga o‘xshash predmetlarni qidirib topadi.

Pinterest hammuassisi Evan Sharp servisning, masalan, anorni taniy olishi, ijtimoiy tarmoqda esa anorli keks va sendvichlar, shuningdek mevani tozalashga oid tavsiyalar aks etishini aytdi. 

Kompaniya shuningdek Shop the Look funksiyasini taqdim etdi, u suratdagi predmetlarni eslab qolib, ularni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bu CB2, Macy's, Target, Neiman Marcus va Wayfair kabi brendlarda ish beradi. 

Top