19:03 / 09.02.2017
5212

Poroshenko yaqin vaqtlar ichida Tramp bilan uchrashishi haqida xabar berdi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko yaqin vaqtlar ichida AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi haqida ma'lum qildi.

«Yaqin vaqtlar ichida men va AQSh prezidenti o‘rtasida uchrashuv tashkil qilinadi, bizning uchrashuvimiz uchun tayyorgarlik ko‘rish masalalari tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning Vashingntonga safaridagi muzokaralar vaqtida muhokama qilingan», — degan ukrainlar prezidenti.

Poroshenko 5 fevral kungi Tramp bilan muloqotini «do‘stona, konstruktiv va unumli» bo‘lgani haqida eslab o‘tgan.

Siyosatchilarning muloqoti bir soatdan ko‘proq vaqt davom etgandi. Ular davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash masalasi hamda Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishgandi. 

Bundan oldinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar Tramp va Poroshenkoning uchrashuvi Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirishga hissa qo‘shsa, Kreml buni ijobiy qabul qilishi haqida aytib o‘tgandi.

Top