21:59 / 10.02.2017
18767

Dollar 2015 yil iyulidan beri rublga nisbatan minimal qiymatgacha arzonlashdi

Foto: RIA

Yevro va dollarning rublga nisbatan kursi 2015 yil iyulidan beri minimal qiymatga pasaydi. Bundan Moskva birjasidagi savdolar darak bermoqda.

Yevro kursi 60 tiyinga pasayib, 2015 yil 22 iyuldan beri birinchi marta 62,25 rublni tashkil qildi. 

Dollar esa 43 tiyinga arzonlashib, 2015 yil 27 iyulidan beri birinchi marta 58,52 rublni qayd qildi. 

Top