15:26 / 10.02.2017
11348

Ekspatlar o‘zlarini eng baxtli his etuvchi 17 mamlakat

InterNations kompaniyasi tadqiqoti The Independent nashrining e'tiborini jalb qildi. Unda butun dunyo ekspatlari (ekspatlar - fuqaroligi boshqa mamlakatda bo‘lgan, biznes shartnomasiga ko‘ra ushbu mamlakatlarda yashaydigan kishilar) turli mamlakatlardagi hayotiy jihatlar haqida so‘zlab, o‘zlarini eng baxtli his qiladigan mamlakatlarni aniqlab berishdi. vc.ru eng maftunkor 17 mamlakat ro‘yxati bilan yaqindan tanishtirdi.

Tadqiqotda butun dunyodan 14 mingdan ziyod ekspat ishtirok etdi. Kompaniya har bir mamlakatni 43 parametr bo‘yicha o‘rganib chiqdi - xavfsizlikdan tortib to relokatsiyagacha.

 

1. Kosta-Rika

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Kosta-Rika "orzu yo‘nalishi"dagi top-5 mamlakatga kirdi. O‘z ishiga ega ishbilarmonlar ham, qisman band ishchilar ham va hatto keksa yoshlilar ham bu yerda o‘zlarini baxtli his qilishlari ma'lum bo‘ldi.

 

2. Malta

The Intependent nashrida yozilishicha, Maltaga asosan yevropaliklar ko‘chib o‘tishadi — mamlakat tilga bog‘liq to‘siqlarning kamligi (ingliz tili - ikkinchi davlat tili hisoblanadi), qulay ob-havosi va turar joylar bahosi  bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu yerda shaxsiy baxt ko‘rsatkichlari 70 foizni tashkil qilgan - bu tadqiqotdagi eng yuqori natijalardan biridir.

 

3. Meksika

Meksikaga ko‘chib o‘tgan so‘rovnoma ishtirokchilari xorijliklarning mamlakatda joylashishi oson ekanligini qayd etishgan. Shuningdek bu yerdagi odamlarning ekspatlarga do‘stona munosabatda bo‘lishi va qulay iqlim ham o‘z so‘zini aytadi. Yilda 300 kun quyoshli. Yomg‘irlari qisqa muddatli. Bo‘ronlar mavsumi bor, albatta, biroq ular odatda asoratlarsiz o‘tadi.

 

4. Filippin

Bu mamlakat eng mehmondo‘st mamlakatlardan biri sifatida e'tirof etiladi. Bundan tashqari, tropik iqlim, yashash qiymatining pastligi va tibbiy xizmatning yuqori darajada ekanligi muhojirlarni o‘ziga jalb qiladi.

 

5. Ekvador

Manbaga ko‘ra, 2015 yildan buyon Ekvadordagi hayot darajasi pasaygan, lekin so‘roq qilingan ekspatlar uni "dunyodagi eng baxtli mamlakatlardan biri" sifatida qayd etishdi. Mamlakatga ko‘chib o‘tishning ijobiy tomonlari - yashashning qimmatga tushmasligi, iqlim va o‘yin-kulgi.

 

6. Yangi Zelandiya

Baxt darajasi bo‘yicha Yangi Zelandiya oltinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning tanlanishida asosiy omillar orasida xotirjam muhit, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori darajasi va rivojlangan ta'lim tizimi qayd etiladi.

 

7. Tailand

Tailand - G‘arbdagi ekspatlar uchun eng sevimli yo‘nalishlardan biri. Ustuvor jihatlar - narxlarning pastligi, ko‘chib o‘tishning osonligi va ko‘ngilochar maskanlarning ko‘pligi.

 

8. Vetnam

Ushbu yo‘nalish arzon narxlar tufayli G‘arbiy Yevropa ekspatlari orasida ayniqsa mashhur. "Bu yerda ko‘p pul topmasdan ham yaxshi yashash mumkin. Bundan tashqari, Vetnamda diqqatga sazovor va ko‘ngilochar maskanlar ko‘p".

 

9. Panama

Panama moliya, infratuzilma va xizmatlar sohasida ishchi o‘rinlarning ko‘pligi bilan ekspatlarga xush yoqadi. Ko‘chib o‘tishga sabab bo‘luvchi boshqa omillar - arzon narxlar (Yevropa aholisining maoshi uzoq vaqtga yetadi) va qulay iqlim.

 

10. Ispaniya

Yashash, oziq-ovqat mahsulotlari va transport Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan arzonroqqa tushishi sabab ko‘pchilik Ispaniyaga ko‘chib o‘tadi. Shuningdek mamlakatning  iliq iqlimi va bu yerda ish topish imkoni mavjudligi ham ekspatlarni o‘ziga tortadi.

 

11. Tayvan

Tayvan ko‘p parametrlar bo‘yicha yetakchi pozitsiyalarni egallaydi - masalan, u xavfsizligi bo‘yicha top-10 mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu yerga ko‘chib o‘tgan ekspatlar mamlakatdagi sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimini yuqori baholashadi.

 

12. Uganda

Uganda — yangi imkoniyatlar izlovchi ekspatlarni jalb qiluvchi mamlakat. The Independent'ga ko‘ra, Uganda tez va barqaror rivojlanmoqda.

 

13. Vengriya

Bu mamlakat aholisining daromadi eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etadi. Mahsulotlar bahosi esa pastligicha qolmoqda - bu butun dunyo ekspatlarini jalb qiluvchi muhim omil. 

 

14. Peru

So‘rov natijalariga ko‘ra, Peru asosan shaxsiy biznesiga ega ishbilarmonlar e'tiborini tortadi. Ularning aksariyati bu mamlakatni qulay iqlimi va yashash narxlarining pastligi tufayli tanlagan.

 

15. Keniya

Bu Afrika mamlakati iqtisodiyotning ko‘plab sektorlarida ishchi o‘rinlar sonining o‘sishi, iliq iqlimi, diqqatga sazovor joylarning ko‘pligi va tabiati go‘zalligi bilan ekspatlar diqqatini o‘ziga qaratadi.

 

16. Ummon

Ummonga asosan bu yerda o‘z ishini yo‘lga qo‘yigan kishilar ko‘chib o‘tishadi. Ekspatlar bu yerdagi xavfsizlik darajasining yuqoriligi, siyosiy barqarorlik va mintaqadagi tinchlikni alohida qayd etishadi.

 

17. Portugaliya

Portugaliya ham xuddi Kosta-Rika kabi "orzular yo‘nalishi"dagi top-5 ro‘yxatiga kiradi. Mamlakat kichik yoshli farzandlari bo‘lgan ekspatlar orasida mashhur.

Top