23:05 / 10.02.2017
8209

Fevral boshidan buyon 47 ta holatda tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish qayd etildi

2017 yil 1 fevral holatiga davlat soliq xizmati organlarining «Ishonch telefon»lariga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 12 ta holatda jami 7888,0 ming so‘m miqdorida nazorat - kassa mashinasiga kirim qilmaslik aniqlangan. 

Shuningdek, 47 ta holatda tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish hamda 2 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta'minlandi.

Eslatib o‘tamiz, qonuniy huquqlaringiz buzilganda Davlat soliq qo‘mitasining 244-98-98 raqamli «Ishonch telefoni» hamda hududiy davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan «Ishonch telefoni» raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Top