00:53 / 10.02.2017
11836

Mashhur sayyoh Rossiya Federal xavfsizlik xizmati o‘quv markazi ustiga gaz ballonini uloqtirib yubordi

Rossiyalik mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov havo sharida uzoq uchish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U havoda 51 soat 9 daqiqa davomida bo‘lib, ming kilometrga yaqin yo‘lni uchib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Konyuxovga dunyodagi eng katta havo sharidagi ekspeditsiyada havo sharida suzish bo‘yicha sport ustasi Ivan Menyaylo hamrohlik qilgan. Sayyohlar 7 fevral ertalab Ribinskdagi Janubiy aerodromidan havoga ko‘tarilishgan. Havo shari 2 kundan keyin Saratov viloyatida, Qozog‘iston chegarasidan 150 km uzoqlikda yerga qo‘ngan. Havo shari 190 dan 300 metrgacha balandlikda soatiga 10 km dan 40 km gacha tezlik bilan harakatlangan. Konyuxov va Menyaylo sayohati uchun maxsus tikilgan havo sharining qobig‘i hajmi 10 ming kub metrni tashkil qilgan. 

Bu boradagi avvalgi jahon rekordi yaponiyalik sayyohlar Michio Kande va Xirazuki Takezavega tegishli bo‘lgan. Ular bu rekord natijani 1997 yil 1 fevralda o‘rnatishgan. Bu rekord natija 50 soat 38 daqiqani tashkil qilgan. 

Sayohat davomida Konyuxov bilan nojo‘ya voqea yuz bergan: sayyoh parvozining boshidayoq ortiqcha yukdan xalos bo‘lish maqsadida o‘zi bilmagan holda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Ribinskdagi o‘quv markazi ustiga bo‘sh gaz ballonini uloqtirib yuborgan. Vaziyatni bosdi-bosdi qilish uchun Ribinsk meri Denis Dobryakov aralashishiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid
Top