15:45 / 10.02.2017
22955

Zoyir Mirzayev Vetnam prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Vetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Viet Nam News nashri ma'lumotiga ko‘ra, Xanoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda  tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan.

2016 yilda O‘zbekiston va Vetnam  o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 37,42 mln dollarni tashkil etdi. Ikki tomon ham mazkur raqamlar qoniqarli emasligi hamda bu ko‘rsatkichni yanada yuqoriroq bosqichga olib chiqish lozimligini ta'kidlab o‘tishgan.

Jumladan, Chan Day Kuang O‘zbekiston va Vetnam to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, poyabzal ishlab chiqarish, turizm hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilishi mumkinligini qayd etib o‘tgan. 

Bosh vazir o‘rinbosari esa O‘zbekiston Vetnam bilan savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini bildirgan.

Zoyir Mirzayev Vetnam prezidentiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga taklifi bildirilgan maktubni topshirgan.

Top