20:54 / 11.02.2017
26748

Hafta dayjesti: Bir-birini ogohlantirayotgan davlatlar, IShIDga qarshi kurash tafsilotlari va boshqa muhim xabarlar

O‘tgan hafta mobaynida xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi. Ana shu xabarlarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oyi oxirlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab xorijiy safarini amalga oshiradi. U Tojikiston va Qirg‘izistonga, va ehtimol, Qozog‘iston va O‘zbekistonga ham tashrif buyuradi.

Boltiqbo‘yi davlatlariga AQSh armiyasining qator bo‘linmalari va harbiy texnikalari joylashtirilmoqda. Jumladan 6 fevral kuni AQSh armiyasining zirxlitank polki birinchi batalonining piyoda rotasi og‘ir texnikalari Estoniyaga yetib keldi.  Aynan shu kuni AQSh armiyasi 3-brigadasining og‘ir zirhli texnika rotasining 220 dan ko‘proq harbiysi Latviyaga yetib keldi. 10 fevral kuni esa AQSh qo‘shinlarining o‘nta tanki, beshta piyodalar jangovar mashinasi, yo‘ltanlamaslar va yuk transportlari Litvaga yetkazildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotidan so‘ng, tashkilot davlat rahbarlari uchrashuvida ishtirok etishga rozilik bildirdi.

Oq uy ma'muriyati, OAVda yetarlicha yoritilmagan yoki umuman xabar qilinmagan qo‘poruvchiliklar ro‘yxatini e'lon qildi. Hujjatdan unchalik ham ma'lum bo‘lmagan voqealar singari so‘nggi yillarda jahon yangiliklar tasmasida yoritilgan voqealar ham kiritilgan

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Moskva bilan hamkorlikda Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mamlakatlar munosabatlarida saqlanib qolgan muammolarga barham berishni rejalashtirmoqda.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning bayonot berishicha, so‘nggi vaqtlarda IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash ijobiy samara bera boshlagan. Ammo, uning teraktlar sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an birinchi marta telefon orqali suhbatlashishdi.

Vashington Janubi-Xitoy dengizidagi bahsli orollar haqidagi bayonotlaridan so‘ng Ikkinchi jahon urushi tarixini yodga olishi kerak. Xitoy tashqi ishlar vazirligi rahbari Van I shunday bayonot bilan chiqdi.

AQShda 2001 yilning 11 sentabr kungi teraktlarning bosh tashkilotchisi, deb hisoblangan Holid Shayx Muhammadning mamlakat sobiq rahbari Barak Obamaga yo‘llagan maktubi e'lon qilindi.

Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida Rossiya Harbiy Kosmik kuchlari samolyoti bergan aviazarba oqibatida turkiyalik harbiylar halok bo‘ldi. Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma'lum qilishicha, rossiyalik harbiylar hodisa ro‘y berishidan bir kun oldin Suriyadagi turkiyalik harbiylar qaysi nuqtada bo‘lgani haqida xabardor qilingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Erdo‘g‘andan turk askarlari o‘limi uchun uzr so‘radi. 

AQSh Minuteman III qit'alararo ballistik raketasining yangi parvozini amalga oshirdi. Marshall orollaridagi poligon tomon uchirilgan raketa 6,8 ming km ga yaqin yo‘l bosib o‘tgan.

Suriya prezidenti Bashar Asad AQShning yangi prezidenti Donald Trampning ma'muriyati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan. Uning shartlari...

Global isish sayyoramizga katta xavf solmoqda. Biroq bu o‘zgarishning boshqa, ancha ijobiyroq tomoni ham mavjud. Muzliklarning surilishi natijasida tadqiqotchilar ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi - bahaybat muzliklar ostida piramida topishdi.

Qo‘shma Shtatlar hukumati Shimoliy Koreyaga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu mamlakatda o‘tgan yilgi kuchli suv toshqinlari sababli ro‘y bergan.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va MRB sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya uni AQShga topshirish masalasini muhokama qilayotganiga doir xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi

Yaqinda floridalik bir baliqchi Stiv Bargeron baliq ovlash vaqtida qarmog‘iga baliq o‘rniga uzunligi yarim metrdan kattaroq keladigan notanish suv mahluqini ilintirgan.

Eski avtomobillar xaridorlarni nafaqat o‘z uslubi va tarixi bilan jalb etadi, balki sarmoya kiritishning eng ishonchli usullaridan biri ekani bilan ham e'tiborga loyiqdir. AQShning Arizona shtati Skottsdeyli shahrida bo‘lib o‘tgan kolleksiya avtomobillari kim oshdi savdosi dunyoning 30 mamlakatidan kelgan boy mehmonlarni bir joyga to‘pladi. Eng yaxshi klassik avtomobillarning top-10ligi.

Samsung kompaniyasi ikkiga buklanuvchi smartfonga yangi patent oldi. Qurilma oshiq-moshiqli konstruksiyaga ega.

Rossiyalik muhandis Maksim Lyashko mahalliy bozordagi vaziyatni o‘zgartirishga qaror qildi va nisbatan arzon, sifatli bionik qo‘l prototipini yaratdi.

Top