22:38 / 11.02.2017
7518

APL. «Sauthempton»da yirik g‘alaba, «Kristal Pelas» yana yutqazdi va boshqa natijalar

«Sauthempton» APLning 25-turi doirasida «Sanderlend»ni qabul qildi. Sanderlenddagi «Stedium of Layt» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 30-daqiqasida Manolo Gabbyadini hisobni ochdi, birinchi bo‘lim oxirida italiyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi. 89- daqiqada Jyeyson Denayyer o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi, qo‘shimcha daqiqalar davom etayotgan vaqtda Sheyn Long yakuniy hisobni o‘rnatdi - 4:0.

Endilikda «Sauthempton» 11-pog‘onaga ko‘tarildi, o‘tgan turda safarda «Kristal Pelas»ni 4:0 hisobida yengib, bu turda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan «Sanderlend» esa oxirgi o‘ringa qaytdi.

«Vest Xem» «Vest Bromvich Albion» bilan uchrashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (2:2), «Midlsbro» va «Everton» durang o‘ynadi (0:0), «Stok Siti» «Kristal Pelas»ni kichik hisobda yengdi (1:0). 

Angliya premer-ligasi, 25-tur

Sanderlend – Sauthempton 0:4
Gollar:
Gabbyadini (30, 45), Denayyer (89, avtogol), Long (90+2).
Sanderlend: Mannone, O′Shi (Piyenar, 46), Kone, Ovedo, Denayyer, Yanuzay, Ndong, Gibson (Hazri, 81), Larsson (Borini, 58), Jons, Defo.
Sauthempton: Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Redmond, Uord-Prouz, Tadich (Xeyberg, 82), Devis, Gabbyadini (Long, 73), Romeu.
Ogohlantirishlar: Hazri (90).

Vest Hem – Vest Bromvich 2:2
Gollar:
Feguli (63), Lansini (86) – Shadli (6), Makoli (90+4).
Vest Hem: Rendolf, Rid, Fonte, Kressuell (Kaleri, 46), Lansini, Feguli (Kollinz, 90), Antonio, Obiang, Snodgrass (Fernandesh, 87), Nobl, Kuyate.
Vest Bromvich: Foster, Makoli, Douson, Nom, Brant, Fletcher, Livermor, Morrison (Yakob, 79), Fillips (Robson-Kanu, 67), Shadli (Evans, 53), Rondon.
Ogohlantirishlar: Obiang (60), Rondon (73), Rid (85), Brant (88).

Stok Siti – Kristal Pelas 1:0
Gol:
Allen (67).
Stok Siti: Grant, Shoukross, Piters, Bardsli (Jonson, 58), Martins Indi, Allen, Adam (Afellay, 79), Sobxi (Diuf, 82), Uelan, Arnautovich, Krauch.
Kristal Pelas: Hennessi, Tomkins, van Anxolt, Uord, Dileyni, Milivoyevich, Makartur (Remi, 87), Panchon (Kabay, 77), Zaa (Shlupp, 68), Taunsend, Benteke.
Ogohlantirishlar: Dileyni (16), Zaa (40), Panchon (42), Shoukross (53).

Midlsbro – Everton 0:0
Midlsbro
– Valdes, Espinosa, Fabio, Chembers, Gibson, de Ron, Kleyton, Forshou (Gediura, 58), Traore, Stuani (Ramires, 67), Negredo (Jyested, 82).
Everton – Robles, Uilyams, Beyns, Koulmen, Funes Mori, Devis, Guyye (Valensiya, 62), Shnayderlin, Barkli (Berri, 87), Lukman (Lennon, 73), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Kleyton (31), Ramires (85).

Mavzuga oid
Top