18:35 / 11.02.2017
10460

Britaniyaning Debenhams supermarketlar tarmog‘i hijoblar savdosini yo‘lga qo‘ydi

Foto: AP

Buyuk Britaniyaning Debenhams supermarketlarida hijoblar doimiy sotiladigan liboslar ro‘yxatiga kiritildi. Shu bilan u mamlakatdagi musulmonlar libosi savdosini rasman boshlagan birinchi yirik savdo tarmog‘iga aylandi. 

Daily Mail nashrining yozishicha, musulmonlar uchun liboslar va bosh kiyimlarning keng tanlovi London, Manchester va Lesterdagi qator do‘konlarda bo‘ladi. Xususan, Londonning Oksford-strit ko‘chasidagi markaziy do‘kondagi hijoblar, ko‘ylaklar, ro‘mol va aksessuarlar Aab savdo belgisi bilan taqdim etiladi. Bu firma "zamonaviy va kamtar ayollar libosi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi".

Aab firmasining qayd etishicha, u Debenhams bilan hamkorlikni rivojlantirib, Britaniyadan tashqarida ham, jumladan Dubay, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Eron, Indoneziya va Malayziyada ham o‘z do‘konlarini ochishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid
Top