09:25 / 11.02.2017
28865

Donald Tramp Eron prezidentiga «ehtiyot bo‘lish»ni maslahat berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp eronlik hamkasbi Hasan Ruhoniyga "ehtiyot bo‘lish"ni maslahat berdi.

Donald Tramp Oq uy matbuot guruhi jurnalistining Eron prezidenti fikriga doir savoliga shunday javob bergan. 

"U yaxshisi ehtiyot bo‘lgani ma'qul", — degan Tramp. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy "Eronga tahdid qilgan har qanday davlat afsus qiladi", - deya bayonot bergan edi.  

AQSh va Eron davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar Oq uyga Donald Tramp kelganidan so‘ng birmuncha keskinlashdi. AQSh rahbari, xususan, Eronga Barak Obamadek mehribon bo‘la olmasligini aytgandi. Amerika yetakchisi, shuningdek, 2015 yilda erishilgan Eron yadro kelishuviga tanqidiy yondashadi. 

Top