13:25 / 11.02.2017
6689

Turkiya bir sutka davomida IShIDning qariyb 50 nafar jangarisi yo‘q qilinganini ma'lum qildi

Foto: AFP

Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi shanba kuni bir sutka davomida IShIDning 43 jangarisini yo‘q qilgani haqida xabar berdi. Bu Suriya shimolidagi “Firot qalqoni” amaliyoti davomida ro‘y bergan.

“Bizning harbiy-havo kuchlarimiz tomonidan berilgan aviazarbalardan so‘ng IShIDning 66 obekti, shu jumladan terrorchilar tomonidan nazorat qilingan 55 bino, ikki shtab, qurol-yarog‘ ombori, ikkita o‘t ochish pozitsiyasi va mobil aloqa stansiyasi yo‘q qilindi. Havo va yer usti amaliyotlari davomida IShIDning 43 jangarisi yo‘q qilindi”, - deyiladi Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi bayonotida.

Xabarlarga ko‘ra, turk artilleriyasi va tanklari IShIDning 179 nuqtasiga zarbalar bergan.

Mavzuga oid
Top