18:29 / 11.02.2017
27834
O‘zbekistonda yangi sport federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 10-fevral kuni O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi zamonaviy beshkurash sportchilarining mahorat darajasini xalqaro darajaga ko‘tarish va ushbu sportchilarga qo‘shimcha bilim berish orqali ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, tashkilot vazifalariga xalqaro sport maydonida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoalari uchun belgilangan tartibda tayyorgarlik jarayonlarini tashkil etishning eng yangi usullarini qo‘llagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash hamda boshqa vazifalar kiradi.

Fazliyev Farrux Faxriddinovich

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi ta'sischilar umumiy yig‘ilishida uning prezidenti etib Fazliyev Farrux Faxriddinovich saylangan.

Top