21:41 / 12.02.2017
4871

Parij yaqinidagi norozilik namoyishlarida 30 dan ko‘proq odam hibsga olindi

Parij yaqinidagi Bobini shahridagi tartibsizliklarda bir necha avtomobillar yoqib yuborildi, jamoat transporti bekatlari va do‘konlar peshoynalari vayron qilindi. 

Politsiya 37 nafar kishini hibsga olgan, bir necha yuzlab norozilar "turli zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirish va zarar yetkazishda" ayblandilar. 

Avvalroq namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz ishlatilgani ma'lum qilingandi.

Noroziliklarga One-su-Buadagi voqea sabab bo‘lgan. Bu yerda politsiya xodimlari Teo ismli yigitni ushlab, unga jiddiy tan jarohatlari yetkazganlar. Politsiyachilardan biri yigitni zo‘rlashda gumon qilinmoqda.

Top