10:39 / 12.02.2017
14033

Turkmanistonda prezident saylovlarida ovoz berish boshlandi  

12 fevralda Turkmaniston prezidenti saylovlari o‘tmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 07.00da ochildi va 19.00gacha ishlaydi. 

Hammasi bo‘lib 2587 ta saylov uchastkasi ishlamoqda, ulardan 39 tasi Turkmanistonning xorijdagi vakolatxonalarida ochilgan.

Saylovchilar ro‘yxatiga 3223455 kishi kiritilgan. Turkmanistonda saylovlarda qatnashish chegarasi belgilanmagan va shu sababli ular saylovchilarning istalgan ishtirokida bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. 

Saylovchilarning yarmidan ko‘proq ovozini to‘plagan nomzod Turkmaniston prezidenti etib e'lon qilinadi.  

Turkmaniston prezidenti lavozimiga hammasi bo‘lib 8 nomzod, jumladan mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov da'vogarlik qilmoqda.

Turkmanistonning 2016 yil 14 sentabrda qabul qilingan yangi konstitutsiyasiga ko‘ra, Turkmaniston prezidenti vakolatlari 5 yildan 7 yilgacha uzaytirildi, shuningdek prezident bo‘lish uchun yuqori yosh chegarasi olib tashlangan. Avval bu chegara 70 yoshni tashkil qilgan.

Turkmaniston prezidenti shu mamlakatda tug‘ilgan, 40 dan yosh bo‘lmagan, davlat tili bo‘lgan turkman tilini biladigan, oxirgi 15 yil davomida Turkmanistonda yashab, ishlagan fuqaro bo‘la oladi. 

Top