20:08 / 13.02.2017
17465

Afg‘onistonda «Tolibon» dala qo‘mondoni tasodifan o‘zini portlatib yubordi

Foto: Reuters

«Tolibon» harakati dala qo‘modonlaridan biri Afg‘oniston sharqidagi Logar viloyati hududida o‘z qo‘lidagi qo‘lbola bomba portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Hama Press agentligi xabariga ko‘ra, portlash oqibatida uning yonida bo‘lgan yana ikki jangari halok bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu Qudrat ismli qo‘mondon 40 jangaridan iborat guruhga boshchilik qilardi.

Top