19:19 / 13.02.2017
12607

Yer yaqinidan o‘tgan asteroid tasviri olindi

Amerikalik astronomlar radiolokatsiya yordamida Yer yaqinidan uchib o‘tgan 2017 BQ6 asteroidi tasvirini olishga muvaffaq bo‘ldilar. U 7 fevralda sayyoramizdan Oygacha bo‘lgan masofadan 6 marta olisroq masofadan uchib o‘tgan. 

Olimlar asteroidning yaltirashiga asoslanib, uning o‘lchami 200 metrga yaqin ekanini aniqlashdi. Samo jismi suratlari Janubiy Kaliforniyadagi Goldstoun radioobservatoriyasi yordamida 6 va 7 fevralda olingan. Radar o‘lchashlari asteroid noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lib, o‘z o‘qi atrofida 3 soatda bir marta aylanib harakatlanishini ko‘rsatgan. 

"Radardan olingan tasvirlarda o‘tkir burchaklar, yassi va botiq hududlar hamda tosh bo‘lishi mumkin bo‘lgan yorqin nuqtalarni ko‘rish mumkin. 2017 BQ6 radar yordamida suratga olingan yer yaqinidan o‘tgan asteroidlardan eng qirralisidir", deb aytgan NASA’ning reaktiv harakat laboratoriyasidan Lans Benner. Asteroid 26 yanvarda AQShning asteroidlarni izlash loyihasi LINEAR (Lincoln Near Earth Asteroid Research) doirasida ochilgan.

Mavzuga oid
Top