14:14 / 14.02.2017
4745

Britaniya 2020 yilgacha 10 mingga yaqin qochqin bolani qabul qilmoqchi

Buyuk Britaniya 2020 yilga qadar 20 ming qochqinlarni qabul qilib oladi. Ularning taxminan yarmi bolalardan iborat, deb ma'lum qildi Britaniya bosh vaziri kantselyariyasi rasmiy vakili.

Avvalroq huquq himoyachilari va Britaniyaga kelishni istovchi Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolari manfaatini himoya qiluvchilar hukumatni qochqin-bolalarni atayin qabul qilishni istamayotganlikda ayblagandi. Yuristlar dekabrda Fransiyadagi lagerda Britaniyaga borishni kutayotgan qariyb 1900 nafar bola va o‘smir istiqomat qilayotganini ma'lum qilgandi. Birlashgan Qirollik hozirga qadar 750 nafar bolani qabul qilib oldi. Himoyachilarning fikricha, mamlakatga kirish va unda yashash haqidagi iltimos bilan chiqqan bir necha yuzlab kishilar murojaati rad etilgan.

"Faqatgina o‘tgan yilda turli mamlakatlardan bo‘lgan sakkiz mingga yaqin bolani qabul qildik. Britaniya qochqinlarni qabul qilmoqda hamda ularga mamlakatda sakkizta turli tizim orqali qolish imkonini beradi. Ulardan biri yordamga muhtoj Suriya fuqarolariga tegishli bo‘lib, u bo‘yicha 4,5 ming inson qabul qilindi hamda ularning yarmi bolalardan iborat. Biz bu tizim bo‘yicha 2020 yilgacha umumiy hisobda 20 ming kishini qabul qilib olamiz. Boshqa tizim esa Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga tegishli. Uning doirasida uch ming bola qabul qilinadi", - deya aytib o‘tgan bosh vazir kantselyariyasi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, faollar va OAVlari hukumatni ayblay turib, Britaniya Yaqin Sharqdagi mojarolardan aziyat chekkan insonlarga qanchalik ko‘p yordam berganini esdan chiqarmoqda.

"Amaldagi me'yoriy hujjatlarga ko‘ra, biz ma'lum bir miqdordagi bolalarni qabul qilishimiz mumkin. Biz mahalliy hukumatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdik hamda ularning bizga ma'lum qilishicha, bu aniq sxema orqali 350 nafar bolani qabul qilib olishlari mumkin ekan. Biroq bu yakuniy raqam emas... Ishlashda davom etamiz. Biz o‘tgan ikki hafta davomida bolalarni qabul qilishda davom etdik hamda Britaniyada 300 nafar kishini joylashtirdik", - degan vazirlar mahkamasi vakili.

Uning ta'kidlashicha, Buyuk Britaniya Yevropadagi qochqin-bolalarga yordam jamg‘armasini tashkil etib, unga 10 million funt sterling mablag‘ ajratdi.

"Eng yaxshi ish kishilarni ularga xavf tug‘diruvchi hududlardan olib chiqib ketishdir. Shuning uchun biz Suriya bilan chegaradagi lagerlarda bo‘lgan qochqinlarni olib ketmoqdamiz", - dedi u.

Top