12:35 / 14.02.2017
6579

Video: Xokkeychi raqibining yuziga klyushka bilan tushirdi

AQShdagi milliy xokkey ligasining "Detroyt Red Uingz" jamoasi shvetsiyalik xokkeychisi Gustav Nyukvist "Minnesota Uayld" klubidan bo‘lgan raqibi Jared Sparjonning yuziga klyushka bilan urdi. Buning oqibatida maydonda katta janjal boshlangan.

Kadrlarda Sparjon Detroyt klubi hujumchisini itarib yuborgani, u esa uning yuziga klyushka bilan zarba berganini ko‘rish mumkin – u buni atayin qilgani ehtimolga yaqin. "Minnesota"ning boshqa o‘yinchisi esa jamoadagi sherigi yiqilib tushganini ko‘rgach, uning yonini olishga qaror qildi hamda natijada mushtlashuv boshlandi.

The Hockey News’ning xabar qilishicha, Nyukvist Sparjonga hujum qilgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Hujumchining o‘zi unga “tasodifan zarba berib” yuborganini aytdi.

Sparjon esa Minneapolis Star Tribune’ga bergan intervyusida bu vaziyatga izoh berdi. "Men takroriy lavhani ko‘rmadim. Ishonchim komilki, nimadir ro‘y beradi va liga qandaydir choralarni qo‘llaydi. Men u ko‘zimga zarba bermaganidan xursandman", - deya ma'lum qildi u.

Top