21:46 / 14.02.2017
9859

Wikileaks Flinning iste'fosi sababini aytdi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinning iste'foga chiqishiga demokratlar partiyasi va matbuotning "josuslik" harakatlari tufayli kampaniyaning beqarorlashuvi sabab bo‘ldi. Bu haqda WikiLeaks tashkilotining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilingan.

«Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinn amerikalik josuslar, demokratlar va matbuot tufayli kampaniyaning beqarorlashuvi tufayli iste'foga chiqdi», — deyilgan xabarda.

13 fevral kuni Maykl Flinn iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. U vitse-prezident Maykl Pensga Rossiyaning AQShdagi elchisi bilan suhbati haqida to‘liq ma'lumot bermaganini tan olgan. Uning bu muloqoti Donald Trampning inauguratsiya marosimigacha 1 oyligida bo‘lib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top