08:39 / 15.02.2017
4148

«Benfika» «Borussiya»ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

«Benfika» futbol klubi Chempionlar ligasi 1/8 finali ilk uchrashuvida Dortmundning «Borussiya» jamoasini qabul qildi. «Da Lush» stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘olib jamoa safida yagona gol 48-daqiqada gretsiyalik forvard Konstantinos Mitroglu tomonidan kiritildi. Bahsning 58-daqiqasida esa nemis klubining hujumchisi Per-Emerik Obameyyang penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Javob uchrashuvi Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida 8-mart kuniga belgilangan.

Mavzuga oid
Top