09:20 / 15.02.2017
11448

Chempionlar Ligasida "Barselona"ga yana qaysi jamoalar 4ta to‘p kiritgan?

«PSJ» futbol klubi Chempionlar ligasining 1/8 finali ilk uchrashuvida o‘z maydonida «Barselona»ni yirik hisobda dog‘da qoldirdi. Bellashuv 4:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, parijliklar Chempionlar ligasi uchrashuvida kataloniyaliklar darvozasiga to‘rtta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan oltinchi jamoaga aylandi.

Avvalroq bunday natijaga «Milan» (4:0, 1994 yil), «Dinamo» Kiyev (4:0, 1997), «Valensiya» (4:1, 2000), «Chelsi» (4:2, 2005) va «Bavariya» (4:0, 2013) klublari erishgan. 

«PSJ» va «Barselona» jamoalarining javob uchrashuvi 8-mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Top