10:16 / 15.02.2017
6970

«MYu» sobiq futbolchisi: «Arsenal» muxlislari barchasiga O‘zilni balogardon qilishmoqda, bu nohaqlik

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zilni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

«Arsenal»ning ishlari orqaga keta boshlagach, O‘zil barchasiga aybdor qilib tanlandi. Uning muxlislar tomonidan barcha muammolarga balogardon qilib ko‘rsatilishi adolatdan emas. Ha, u hozirda yuqori sport formasida emas, ammo «Arsenal»ning «Bavariya»ga qarshi o‘yini oldidan jamoada Aleksis Sanchesni hisoblamaganda bironta ham yuqori sport formasida bo‘lib turgan futbolchi yo‘q.

O‘zilning o‘yini tufayli ayblash oson. U o‘zini ko‘rsatishi uchun uni tushunadigan hamkorlar kerak. U ijodkorona o‘ylaydi, uni tushunadigan va doimo harakatda bo‘lib, yaxshi ochiladigan futbolchilar ham bo‘lishi kerak. Mesut barchasini o‘zi qiladigan futbolchilar toifasidan emas. Odamlar uni katta o‘yinlarda ko‘rinmay qolishi tufayli ayblashadi, ammo bunday o‘yinlarda «Arsenal»dagi statistikaga qaraganmisiz? Agar ular kuchli oltilikdagi jamoalar bilan o‘yinlarda hammadan ko‘proq ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘lishganida boshqa gap edi. Ammo o‘tgan yilning kuzida «Chelsi»ga qarshi o‘yinni hisobga olmasak, «Arsenal» top-jamoalarga qarshi o‘yinlarda yorqin o‘yin ko‘rsatmadi, muvaffaqiyatsizliklarda O‘zilni ayblash adolatli emas.

«Arsenal» unga yangi shartnoma taklif etishi kerak. O‘zil ularga kerak bo‘lgan yuqori saviyali futbolchi», — deya yozgan Ferdinand Evening Standard nashridagi kolonkasida. 

Top