08:48 / 15.02.2017
19708

«PSJ»-«Barselona»: Messidan kutilmagan antirekord

«PSJ» futbol klubi Chempionlar ligasining 1/8 finali ilk uchrashuvida «Barselona»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan bahs 4:0 hisobida yakunlangan.

«Barselona» forvardi Lionel Messi butun uchrashuv davomida maydonda harakat qilib, parijliklar jarima maydonchasi yaqinida biron marta ham to‘pga tega olmadi. Bunday holat argentinalik bilan joriy mavsumda ilk bora ro‘y berdi, avval u raqib jarima maydonchasida to‘pga hech bo‘lmasa bir bora tekkandi.

«PSJ» va «Barselona» jamoalarining javob uchrashuvi 8-mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Top