23:25 / 15.02.2017
21395

"PSJ"dan uchralgan mag‘lubiyat Messining rejasini o‘zgartirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasining 1/8 finalida «PSJ»dan qabul qilib oligan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng Misrga safarini bekor qildi. 

Bugun Messi Qohiradagi gepatit C’ga qarshi kurash kampaniyasiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashmoqchi edi. Futbolchi Parijdan biryo‘la Misrga uchib ketmoqchi edi, biroq u rejasini o‘zgartirib, mashg‘ulotlarga kirishish uchun jamoa bilan Barselonaga qaytib ketdi. 

Ma'lumot uchun, «PSJ»ga qarshi kechgan o‘yinda Messi joriy mavsumda ilk bor raqib maydonchasi ichida to‘pga biror marotaba tega olmadi. 

Top