15:24 / 15.02.2017
11081

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Foto: Kun.uz

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligdagi delegatsiyaning  O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi biznes-markazida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda tomonlar ma'lumotlar almashish va 2016 yilning 25 martida Moskvada bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning 17-yig‘ilishidagi protokol qarorlar ijrosiga oid masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik istiqbollari, huquqiy bazani yanada kengaytirish, transport, ilmiy-texnik sohalar rivoji, atrof-muhit muhofazasi kabi bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tildi. 

Foto: Kun.uz

Komissiya 2017 yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish zarurligi kontekstida mazkur yig‘ilishning ahamiyati katta ekani ta'kidladi. 

Top