17:25 / 15.02.2017
5829

«Toshkent-Aero» IBK ochiq muloqoti ishtirokchilari press-turda qatnashishdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi bilan hamkorlikda havo yo‘llari orqali tovarlarni olib o‘tayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ochiq muloqot tashkil etdi. U«Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

Tadbirdan so‘ng, tashkilotchilar va jurnalistlar bojxona sohasidagi yengilliklar va qulayliklar hamda bojxona imtiyozlaridan unumli foydalanib kelayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokochilaridan biri – Dentafill Plyus korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

2006 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va mamlakatimizdagi ikkinchi eng yirik farmatsevtika kompaniyasi bo‘lgan mazkur korxonada 150 turdan ortiq yuqori sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxatiga tabletkalar, malhamlar, suppozitorlar, siroplar, suspenziyalar, glitserinli preparatlar, shuningdek suyuq dori-darmonlar kiradi. Mazkur jarayonlarda korxona Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning yetakchi farmatsevtik kompaniyalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Korxona direktori Sarkor Isanbayevning ta'kidlashicha, 2010 yildan “Dentafill Plyus” korxonasi o‘z tibbiy preparatlarini Afg‘oniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarga eksport qilmoqda. Yaqin kunlarda bu davlatlar qatoriga Rossiya va Tojikiston ham qo‘shiladi.

Top