09:11 / 15.02.2017
9302

Javob uchrashuvidan oldin statistika ham "Barselona"ga qarshi

«PSJ» futbol klubi Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi ilk uchrashuvda «Barselona»ga qaqshatqich zarba berdi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan bahs 4:0 hisobida o‘z yakuniga yetdi.

Yevrokuboklar tarixida hali hech bir jamoa birinchi bahsda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l olmagan.

Shuningdek Chempionlar ligasining butun tarixi davomida bironta klub birinchi uchrashuvda 4 to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berib, keyingi raundga yo‘l olmagan.

2013 yilning 23-aprel kuni «Barselona» ChLning yarim finali birinchi bellashuvida «Bavariya»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, javob uchrashuvida esa 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan hamda finalga chiqa olmagandi.

«PSJ» va «Barselona» jamoalarining javob uchrashuvi 8-mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Top