Ispaniyaning Burgos shahrida istiqomat qiluvchi ayol 64 yoshida sog‘lom egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqida 16 fevral kuni BBC News xabar berli.
Kesercha kesish yo‘li orqali dunyoga kelgan go‘daklarning biri - qiz bola, ikkinchisi - o‘g‘il bola. Operatsiya qiyinchiliklarsiz o‘tdi, ona-bolalar sog‘-salomat.
Ma'lum bo‘lishicha, ismi oshkor qilinmagan ayol AQShda bepushtlikdan davolangan. 2012 yilda u qiz farzandli bo‘lgan, biroq ayolning nochor moliyaviy ahvolini ko‘rgan ijtimoiy xizmat xodimlari bolani onasidan olib ketishgan. Ayol egizaklarni o‘zi voyaga yetkaza oladimi yoki yo‘q - hozircha noma'lum.