00:09 / 16.02.2017
11318

AQSh senati Obama vaqtidagi qarorni bekor qildi

Foto: Flickr/ Marcin Wichary

AQSh senati mamlakatda qurol-aslaha oboroti qoidalarini qat'iylashtiruvchi va sobiq prezident Barak Obama ma'muriyati tomonidan qabul qilingan qarorni bekor qildi.

Gap 2016 yilda AQSh ijtimoiy sug‘urtalash boshqarmasi tomonidan qabul qilingan me'yor haqida ketmoqda. Bu me'yor qurol-aslaha xarid qilayotganlar ma'lum mezonlarga to‘g‘ri kelsa, ular haqidagi ma'lumotni jinoyatchilik bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasiga berishni majburlab qo‘ygan. 

Bunday mezonlardan biri, qurol-aslahaning vositachi orqali aqlan nosog‘lom deb tan olingan odam tomonidan xarid qilinishi hisoblanadi. Bunday toifadagi fuqarolarga AQShda qurol sotish ta'qiqlangan.

Bu me'yorning bekor qilinishiga 57 senator ovoz berdi, 43 senator qarshi chiqdi. Hammasi bo‘lib senatda 100 nafar senator bor bo‘lib, ulardan 52 nafari respublikachilar, 46 nafari demokratlar va 2 nafari mustaqil senator hisoblanadi.

Ushbu qonun senatdagi respublikachilar uchun ramziy xarakterga ega edi, chunki ular qurol-aslaha erkin oborotining barcha cheklovlariga qarshi chiqmoqdalar.

Shu sababli ham Obama butun prezidentligi davomida qurol-aslaha sohasidagi qoidalarni haqiqatda qat'iylashtiruvchi qonunlarni kongress orqali o‘tkaza olmagan. Buning o‘rniga sobiq ma'muriyat alohida qonunosti hujjatlari qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid
Top