10:27 / 16.02.2017
7725

Avstraliyalik mototsiklchi tezyurar poyezd tagida qolishdan arang qutulib qoldi

Internetda avstraliyalik mototsiklchi oxirgi lahzalarda tezyurar poyezd tagiga tushishdan qutulib qolgani videosi paydo bo‘ldi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, voqea Viktoriya shtatidagi Ballan shahri yaqinida yuz bergan. Erkak temir yo‘l ko‘tarmasiga chiqqanida uning mototsikli temir yo‘l izlari orasida tiqilib qolgan. Erkak unga qarab kelayotgan poyezd g‘ildiraklari ostidan tom ma'noda chiqib ketishiga to‘g‘ri kelgan.

Poyezd mashinisti Kolin Sharpning aytishicha, yo‘lovchi poyezdi soatiga 160 km. tezlik bilan kelayotgan bo‘lgan. Videoda u mototsiklchini ogohlantirish maqsadida gudok berganini eshitish mumkin.

Sharp bu videoni "barcha qoidabuzarlarga saboq bo‘lsin", deb e'lon qilganini aytdi. Uning aytishicha, temir yo‘ldan o‘tish joyi voqea joyidan bor-yo‘g‘i 50 metr nariroqda bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top