00:30 / 16.02.2017
5839

BAA ilk nanoyo‘ldoshini koinotga uchirdi

BAA o‘zining ilk nanoyo‘ldoshini koinotga muvaffaqiyatli uchirdi, deb ma'lum qildi Dubay matbuot markazi.

Nayif-1 nanoyo‘ldoshining uchirilgani haqida The Mohammed bin Rashid Space Centre (MBRSC) koinot markazi va Sharja amirligi universiteti American University of Sharjah (AUS) ma'lum qilgan.

Sun'iy yo‘ldosh 15 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 7:58 da uchirilgan.

Avvalroq sun'iy yo‘ldosh Hindiston hududidan uchirilgani ma'lum qilingan. Sun'iy yo‘ldosh PSLV-C37 raketasi yordamida Satish Dhahwan Space Centre koinot markazidan uchirilgan.

Mavzuga oid
Top