21:35 / 16.02.2017
6113

Bag‘dodda portlash. Qurbonlar soni 50 nafardan ortiq

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi va 60dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar qildi.

Bundan oldinroq Reyter agentligi tibbiyot xodimlariga asoslanib, ushbu terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 nafar ekani, Frans Press esa politsiyaga asoslanib 39 kishining o‘limi haqida xabar bergandi.

Avtomobil Bayaa tumanida portlatilgan. Frans Press xabariga ko‘ra, portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top