15:38 / 16.02.2017
27096

Kun xabari: KXDRning Millat quyoshi tavalludiga 75 yil bo‘ldi (fotojamlanma)

Kim Chen Ir — Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR)ning ikkinchi rahbari, birinchi rahbar (Kim Ir Sen)ning o‘g‘li va uchinchisi (Kim Chen In)ning otasi. Rasmiy tarjimai holiga ko‘ra, u 1942 yilning 16 dekabrida Shimoliy Koreyaning eng baland Pektusan tog‘ yonbag‘ridagi partizanlar lagerida dunyoga kelgan. Tarixchilarning ma'lumotiga ko‘ra, Yuriy Irsenovich Kim Xabarovskdagi Vyatskoye qishlog‘ida tug‘ilgan. 

1994 yilda, otasining o‘limidani keyin Kim Chen Ir mamlakatdagi barcha asosiy lavozimlarni egallagan. Tashqi dunyoda hurmatga sazovor bo‘lgan rahbar o‘zini ko‘klarga ko‘tarishlariga irsiy moyilligi, o‘z fuqarolarining ochlikdan qochishi, qo‘shnilarga yadro bilan tahdidlari hamda sigara va konyakka bo‘lgan "muhabbati" bilan tanilgan. "Millat taqdiri" parvoz qilishdan qo‘rqqan, shu bois o‘zining barcha safarlarini shaxsiy bronepoyezdda amalga oshirgan. 2001 yilda u Vladimir Putinning oldiga Sankt-Peterburgga borgan, bu o‘sha paytlar Transsibir magistralining harakatiga katta ta'sir ko‘rsatgan. "Millat quyoshi" 2011 yilda vafot etgan, bundan avval esa hukumatni o‘g‘li Kim Chen Inga berishga ulgurib, sulola bardavomligini ta'minlagan. Bugun, 16 fevral kuni  siyosatchining tug‘ilganiga 75 yil bo‘ldi. Uning tanasi Pxenyandagi mavzoleyga joylashtirilgan. "Gazeta.ru" Kim Chen Irning fotojamlanmasi bilan bo‘lishdi.

Kim Chen Ir va uning otasi Kim Ir Senning Pxenyandagi haykallari, 2014 yil

 

Kim Chen Ir sharafiga nomlangan gullar siyosatchining
75 yilligi arafasida Pxenyandagi gullar shousida, 2017 yilning 14 fevrali

 

Yosh Kim Chen Ir otasi Kim Ir Sen va onasi Kim Chen Suk bilan

 

Kim Chen Ir (chapda) rahbar Kim Ir Sen va uning singlisi Kim Keng Xui bilan.
Kim Chen Ir 1945 yilga qadar Vyatskoye qishlog‘ida yashagan, 1963 yil

 

Kim Chen Ir dehqonlar bilan muloqot qilmoqda, 1971 yil

 

Kim Chen Irning Pxenyandagi harbiy maktabga tashrifi davomida o‘quvchi
Shimoliy Koreya yetakchisiga sharf o‘ramoqda. KXDRda Kim Chen Irni ajoyib bastakor deb hisoblashadi.
Uning muallifligi qayd etilgan olti opera ikki yil ichida yozilgan. 1997 yil

 

Kim Chen Ir Pxenyandagi madaniyat va istirohat bog‘ida samolyotni tekshirmoqda, 1977 yil

 

Kim Chen Ir 2-Milliy mudofaa sport jamoasining o‘quv mashqlarini kuzatmoqda

 

Kim Chen Ir o‘z idorasidagi xonasida

 

Kim Chen Ir Kim Ir Senning 90 yoshligi hamda Shimoliy Koreya xalq armiyasining 70-yilligi
sharafiga tashkillashtirilgan harbiy paradda xalqni qarshilamoqda, 2002 yil

 

Kim Chen Ir hujjatli film s'yomkalari vaqtida o‘z maslahatlarini bermoqda.
Kim Chen Irning "Chuchxe g‘oyalari haqida", "Chuchxe falsafasini o‘rganishda yuzaga keluvchi
ba'zi savollar haqida", "Kino san'ati haqida", "Chuchxe tamoyiliga asoslangan adabiyot haqida"gi
mehnat mahsullari KXDRda klassika hisoblanadi. 1979 yil

 

Kim Ir Sen (o‘ngda) va Kim Chen Ir (o‘rtada) Pxenyan ko‘chalaridan birining maketini ko‘zdan kechirishimoqda

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR rahbari Kim Chen Ir Vladivostokdagi uchrashuvda, 2002 yil

 

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Ir Pxenyanda, 2009 yil

 

Kim Chen Ir Koreya Mehnat partiyasi s'yezdida. 1980-yillardan boshlab Kim Chen Irning
tarjimai holi, otasining tarjimai holi kabi, maktablardagi o‘quv darsliklariga kiritilgan.
Barcha kitob va maqolalar uning so‘zlaridan iqtibos keltirish bilan boshlanadi.
Rahbarning nomi Shimoliy Koreya matbuot nashrlarida maxsus qalin shriftda yoziladi. 1980 yil

 

Yetakchi Kim Ir Sen o‘g‘li Kim Chen Ir bilan Pxenyandagi futbol maydonida, 1989 yil

 

Kim Chen Ir plastik mahsulotlar zavodida, 2010 yil

 

Kim Chen Ir Pxenyandagi saqich fabrikasida, 2009 yil

 

Kim Chen Ir endigina Pxenyandagi yangi kvartiraga ko‘chib o‘tgan artistning qarindoshlari
ijrosidagi qo‘shiqni tinglamoqda, 2010 yil

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Ir (o‘ngda) kenja o‘g‘li Kim Chen In bilan
Ishchilar partiyasining 65 yilligi sharafiga uyushtirilgan paradda, 2010 yil

 

Kim Chen Irning so‘nggi yo‘li

 

Kim Chen Irning o‘limidan keyingi dafn marosimi, 2011 yil

 

Kim Ir Sen va Kim Chen Irning Pxenyandagi Yoshlar harakati muzeyidagi haykallari, 2015 yil

 

Kim Chen In Kim Ir Senning dafn marosimida, Pxenyan, 2011 yil
Mavzuga oid
Top