18:30 / 16.02.2017
16002

Olmaliqda uch yigit birinchi sinf o‘quvchisidan iPhone va Samsung telefonlarini tortib oldi

Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limiga 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro murojaat qilib, uch noma'lum shaxs Oydin dahasi hududida o‘g‘li - Akademik litseyning 1-kurs o‘quvchisini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uning qo‘lidan iPhone va Samsung mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi

Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni shu shaharda yashovchi ikki nafar 1998 yilda tug‘ilgan va bir nafar 1996 yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi. 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat sodir etganlar qilmishiga yarasha qonun oldida javob berishi aniq, biroq ota-onalar farzandlariga qimmat (bir emas ikkita) telefonlar olib bermaganida balki jinoyat sodir bo‘lmasmidi. 

Mavzuga oid
Top