21:22 / 16.02.2017
5451

Pokistonda terakt. Qurbonlar soni 50 nafarga yaqin

Pokistonning Sind viloyatidagi Sehvan-Sharif shahrida joylashgan Lala Shahboz Qalandar mavzoleyi hududida portlash ro‘y berdi. Bu portlash oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi va 100 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat rahbariga asoslangan holda Express Tribune xabar berdi.

Portlash kechqurun, mavzoleyda so‘fiylar marosimi o‘tkazilayotgan vaqtda ro‘y bergan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, portlash majmua ichkarisida ro‘y berdi. Taxminlarga ko‘ra, portlash xudkush terrorchi tomonidan sodir etildi.

Mavzuga oid
Top