19:49 / 16.02.2017
38328

Video: Ilon va o‘rgimchak jangi

Avstraliyaning Kobram shahridagi North Vic Engines avtomobil tovarlari do‘koni xodimlari qizil etak (Latrodectus hasselti) nomini olgan o‘rgimchak va jigarrang to‘rsimon ilon jangini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Mashable shu haqida ma'lumot berdi

O‘rgimchak dastlab ilonni o‘z to‘riga ilintirdi, so‘ng unga yaqinlashib chaqib oldi. Buning natijasida ilon halok bo‘ldi. 

"Bugun kichik ilon bizni "ziyorat" qildi. Omadimiz bor ekan, o‘rgimchak uni topib, biz uchun o‘ldirdi!", - deb yozadi do‘kon xodimlari. 

Bunday turdagi o‘rgimchaklar bir chaqishda hatto insonning hayotiga ham nuqta qo‘yadi. 

Keyinroq do‘kon xodimlari yana bir video taqdim etishdi va uni "Barcha xeyterlar uchun!" deb atashdi. U original rolikda o‘rgimchak to‘ri o‘rniga ilonni osib qo‘yishgan deya ta'kidlagan kishilarga bag‘ishlandi. 

"O‘tgan yili ham xuddi shunday vaziyat kuzatilgandi, o‘shanda ham o‘rgimchak g‘olib bo‘lgan. Bizning mamlakatimizda bu tabiiy. Bizda o‘rgimchaklar va ilonlar ko‘p, shunday ekan, buning ajablanarli yeri yo‘q", - dedi videoni tasvirga olgan do‘kon xodimi Brenton Mayyer. 

Qizil etakli o‘rgimchak dunyoning eng xatarli o‘rgimchaklari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Uning raqibi esa eng xavfli ilonlar ro‘yxatida ham ikkinchi o‘rinni egallaydi. 

Top