15:05 / 17.02.2017
15645
«Aeroflot» dunyodagi eng qudratli aviakompaniya bo‘ldi

Brand Finance konsalting agentligi «Aeroflot» aviakompaniyasini dunyodagi eng qudratli aviakompaniya sifatida tan oldi.

Rossiyaliklar kompaniyasi AAA reytingida eng yuqori bahoni olgan. Agentlik tahlilchilarining qayd etishicha, «Aeroflot» ichki bozorda barcha raqobatchilarni ko‘plab parametrlar bo‘yicha ortda qoldirdi. Shu bilan birga, «Aeroflot» monopol maqomida emas.

Kompaniya brendni rivojlantirish uchun faol ravishda investitsiya kiritishi, boshqa kompaniyalarga nisbatan yangi samolyotlarga egaligi, tashqi yo‘nalishlari ko‘pligi bilan ajralib turadi. Kompaniya «Manchester Yunayted» brendi bilan hamkorlik qiladi.

Top