16:55 / 17.02.2017
7191

Afg‘onistonda yirik YTH yuz berdi, ko‘plab qurbonlar bor

Foto: Khaama Press

Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyatida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Buning oqibatida kamida 20 nafar inson halok bo‘ldi, deb xabar qiladi Khaama Press nashri.

Hodisa Greshk aholi punktida juma kuniga o‘tar kechasi yuz bergan. Mahalliy hukumat vakilining xabar berishicha, jabrlanganlardan bir nechtasi og‘ir ahvolda, qurbonlar bo‘lganlar soni yanada ortishi mumkin.

Voqea yuzasidan boshqa tafsilotlar keltirilmadi.

Top