17:11 / 17.02.2017
7631

Qozog‘istonda harbiy xizmatchilar mashq qilayotgan yerda qor ko‘chkisi yuz berdi

Foto: RIA "Novosti"

Qozog‘iston janubidagi harbiy mashqlar o‘tkazilayotgan hududda qor ko‘chkisi yuz berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Respublika mudofaa vazirligining xabar berishicha, ayni damda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

«Jambil viloyatining Ko‘ksoy darasida 91678-harbiy qism xizmatchilarining jangovar tayyorgarligi bo‘yicha rejali mashg‘uloti vaqtida qor ko‘chkisi yuz berdi», - deya xabar berishgan mahkamada.

Mashqlarda aynan qancha harbiylar ishtirok etganiga oydinlik kiritilmadi.

Mavzuga oid
Top