19:33 / 17.02.2017
14189

Kremldagilar OAVga Trampni unutish tavsiya etilgani haqida xabarga munosabat bildirdi

Kremlda rossiyalik jurnalistlarga «Tramp haqida kamroq yozish va uni maqtamaslik» ko‘rsatmasi berilgani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni «safsata» va «navbatdagi to‘qima xabar» sifatida baholagan.

«Bu butunlay safsata. Gap shunday, telekanallar va boshqa nashrlar o‘z siyosatini o‘zi mustaqil belgilaydi — bu esa navbatdagi to‘qima xabar», — degan Peskov. 

Undan bir necha kun oldin OAVda Trampni yoritish kamaygani kuzatilganiga izoh so‘rashganida u buni sezmaganini va bu OAVning o‘z ishi ekanini ta'kidlagan.

16 fevral kuni Bloomberg agentligi Rossiya hukumati OAVga Tramp haqida yozishni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini xabar qilgandi.

Agentlikning qayd etishicha, bu rossiyalik yuqori martabali amaldorlar AQSh yangi ma'muriyati avvalgidan ko‘ra kamroq do‘stona munosabatda bo‘layotgani haqida bildirgani bilan bog‘liq edi.

Mavzuga oid
Top