00:05 / 17.02.2017
8757

Pokistondagi portlash qurbonlari soni 70 kishidan oshib ketdi

Pokistonning Sind viloyatidagi Saxvon-Sharif shahrida La'l Shohboz Qalandar maqbara majmuasi hududida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 75 kishi halok bo‘lgan, yana 150 dan ko‘proq odam yaralangan.

Avvalroq 50 kishi halok bo‘lgani va 100 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.  

Portlash maqbarada ko‘p sondagi odamlar ishtirokida sufiylik marosimi o‘tayotganda yuz bergan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, portlash majmuaning ichida, darvoza yaqinida sodir bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, hujumni xudkush amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. U avval granata otgan, granata portlamagach o‘zidagi "shahidlik kamarini" portlatgan. 

Ushbu  hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga olgan.

Top