20:53 / 17.02.2017
6014

San-Frantsiskodagi kafeda antiqa xodim paydo bo‘ldi

San-Frantsiskodagi savdo markazlaridan birida Café X kafesi ochildi. Unda espresso va latte kahvalarini endi robot tayyorlamoqda.

Biroq, kafeda fantastik filmlardagi inson ko‘rinishidagi robotlarni ko‘rmoqchi bo‘lganlar yanglishadilar, deb yozmoqda Financial Times nashri.

Barchi-robot ko‘proq bir dastakli katta qahvaqaynatgichni eslatadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, yangi xodim mijozlarga xush kelmoqda va ular nashr tomonidan RoboCup (robot-chashka, ("Robokop" filmiga taqlid qilingan) deb atalgan robot bilan mamnuniyat bilan suratga tushmoqdalar. 

RoboCup’ning insondan asosiy afzalligi uning tezligi va ko‘p vazifalarni bajarishi hisoblanadi. Robot ikki chashka qahvani bir minutdan kamroq vaqtda tayyorlab beradi.

Kafeda yangi va qimmat texnologiyalar qo‘llanganiga qaramasdan, qahva oddiy kafedagilardan qimmat turmaydi hamda espresso 2,25 dollardan va latte 2,95 dollardan taklif qilinmoqda.

Top