17:43 / 17.02.2017
9738

O‘zbekiston Xalqaro Mehnat Tashkiloti ratifikatsiya qilgan konvensiyalari ijrosini ta'minlaydi

O‘zbekistonda Xalqaro Mehnat Tashkilotining imzolangan konvensiyalariga rioya qilinishi bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasini tuzish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokama qilinadigan saytda shu haqdagi hujjatning loyihasi joylashtirilgan

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlangan loyiha «O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro Mehnat Tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini 2017-2020 yillarda tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida» deb nomlangan.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda XMTning konvensiyalarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tuziladi. 

Ushbu komissiyaga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva yetakchilik qiladi. 

Komissiya tarkibiga, shuningdek, 18 kishi, jumladan, mehnat, tashqi ishlar, moliya, iqtisodiyot, xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari o‘rinbosarlari, Savdo-sanoat palatasi raisi va boshqalar kiradi. 

Komissiya XMTning konvensiyalari va tavsiyalarini tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotlarini shakllantiradi. Xalqaro anjumanlar, kengashlar, maslahatlashuvlar va boshqa shu kabi yig‘ilishlarda qatnashadi hamda ularda mehnat va bandlikka doir O‘zbekiston nuqtainazarani ma'lum qiladi. 

Top