17:15 / 18.02.2017
11759

Angela Merkel Qurbonjon dodxoh ordeni bilan taqdirlandi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Germaniya kansleri Angela Merkelni Qurbonjon dodxoh ordeni bilan taqdirladi. Marosim bugun bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv davomida o‘tkazildi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Ushbu orden Merkelga Qirg‘iziston va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston prezidenti Angela Merkelga mamlakatga uyushtirgan so‘nggi tashrifidan olingan fotosuratlar bo‘lgan albomni ham topshirdi.

Avvalroq Germaniyaning Myunxen shahriga yetib kelgan Qirg‘iziston prezidenti Soros jamg‘armasi asoschisi bilan uchrashmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top