09:45 / 18.02.2017
5688

Istomin Dimitrovdan yana mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Niderlandiyaning Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tayotgan ATR turniri ikkinchi davrasida bolgariyalik raqibi Grigor Dimitrovga 6/7, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Sportchilar kortda 1 soat 33 daqiqa o‘ynashdi. Bu vaqtda jahon reytingida 76-o‘rinda borayotgan 30 yoshli Denis uchta eys va bitta breykni amalga oshirdi. Dunyoning 12-raketkasi 25 yoshli Grigor olti uzatmani a'lo darajada bajardi, uchta breyk-poyntni amalga oshirdi va ikki bor ikkitalik xatoga yo‘l qo‘ydi. Shunday qilib, bolgariyalik tennischi shaxsiy uchrashuvlardagi hisobni 3:0ga yetkazdi.  

Musoqaba chorak finalida Dimitrov belgiyalik David Goffen bilan kuch sinashadi.

Mavzuga oid
Top