11:49 / 18.02.2017
7509

Pokistondagi teraktdan keyin 100 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi

foto : AFP

Pokiston xavfsizlik kuchlari Sahvon-Sharif shahrida sodir etilgan yirik teraktdan keyin mamlakatning turli qismlaridagi reydlar va jangovar to‘qnashuvlar oqibatida 100 dan ko‘proq terrorchini yo‘q qildi.

16 fevral Sind viloyatining Sahvon-Sharif shahrida sufiy faylasuf va shoir La'l Shahboz Qalandar maqbarasi hududida portlash sodir etilgandi. Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgandi. Terakt sufiylik oqimining ko‘plab izdoshlari an'anaviy marosimni bajarayotganlarida sodir etilgan. Oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, 88 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ko‘proq kishi jarohatlangan.   

Ta'kidlanishicha, mamlakat razvedka xizmatlari hujum ortida turgan terrorchilik tarmoqlarini aniqlashda davom etmoqdalar. Armiyada aytilishicha, mamlakatda yaqinda sodir etilgan bir qator teraktlar xorij qo‘llab-quvvatlovi yoki ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilganiga isbotlar bor. Bundan tashqari, Pokiston-Afg‘oniston chegarasida terrorchilar yashiringan joylarga zarbalar berilmoqda. 

Top