11:36 / 18.02.2017
8201

Somalida 6 mln dan ko‘proq kishiga ocharchilik xavf solmoqda

Somalining 6,2 mln lik aholisi kuchli qurg‘oqchilik tufayli ocharchilik xavfiga duch keldi, deb aytildi BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi va YUNISEF bergan bayonotda.

Xabarda aytilishicha, BMT xalqaro hamjamiyatni Somali aholisiga yordam berish uchun tezkor choralar qabul qilishga chaqirdi.  

Somalida qurg‘oqchilik sababli oziq-ovqat va ichimlik suvi yetishmovchiligi yuzaga kelgan, bundan tashqari, mamlakat qishloq xo‘jaligi kasodga uchragan.  

Ayni vaqtda Somali aholisining yegulik va ichimlik suviga ehtiyojlarini qondirish uchun 450 mln dollarlik yordam talab qilinmoqda. 

Mavzuga oid
Top